4 milliard 240 million yoshga kirgan qoyatosh topildi

Hindistonda dunyodagi eng qadimiy ikkinchi qoyatosh topildi. Bu haqda «New Straits Times» nashri ma’lumotlariga tayanib «Hurriyet» xabar bermoqda.
Hindiston, Xitoy va Malayziya geologlari 8 yil avval Hindistonning Odisha shtatida topilgan tosh ustida tadqiqot olib borishdi. Bu qoyatosh 4 milliard 240 million yillik tarixga ega ekani ma’lum bo‘ldi.
«Sakkiz yildan beri olib borilgan tadqiqot natijasida qoyatosh juda qadimiy ekani aniqlandi. Bu shu paytgacha tadqiq etilgan eng qadimiy ikkinchi qoyatoshdir», – dedi malayziyalik geolog Rajat Mazumder.
Eng qadimiy qoyatosh Avstraliya g‘arbidagi Jek Hill tepaligida topilgan edi. Uning yoshi 4 milliard 400 miilion yil.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter