Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘on turkiyaliklarni jiddiy muammodan ogohlantirdi

Erdo‘g‘on turkiyaliklarni jiddiy muammodan ogohlantirdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakatdagi suv zaxiralari g‘oyat muhimligini ta’kidlab, fuqarolarni suvni tejashga chaqirdi.

«Turkiyaning isrof qiladigan bir tomchi ham ortiqcha suvi yo‘q. Suv resurslarimizni ifloslash xiyonat bilan barobardir. Shuni yodda tutishimiz kerakki, kelajak avlodlar ham bizga meros bo‘lib qolgan suv resurslaridan foydalanish huquqiga ega», — dedi Erdo‘g‘on.

U shuningdek, Turkiya suvga boy davlat emasligini ta’kidladi.

Turkiyada Dajla va Furot daryolarida to‘g‘onlar qurilishi Iroq va Suriyada salbiy reaksiyaga sabab bo‘lmoqda, ular o‘zlariga kelayotgan suv hajmining kamayishi haqida gapirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 16-avgust kuni Istanbul aholisi suv tanqisligi haqida ogohlantirilgandi: mahalliy suv omborlarini to‘ldirish darajasi 2014-yildan beri eng past darajaga tushib ketdi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring