Eron Fors ko‘rfazi sabab Rossiya TIVga norozilik notasi yubordi

Eron Rossiya Federatsiyasiga Fors ko‘rfazini boshqacha nomda atagani uchun norozilik bildirdi. Bu haqda IRNA agentligi xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi saytining arab tilidagi versiyasida Fors ko‘rfazi «Arabiston ko‘rfazi» deb atalgan.
O‘zi ko‘rfaz qanday nomlangan? Eron va arab davlatlari o‘rtasidagi raqobat, panarabizm va arab millatchiligining paydo bo‘lishi bir qator arab davlatlarida «Arabiston ko‘rfazi» atamasidan foydalanishiga olib keldi. Ko‘pgina adabiyotlarda hudud «Fors ko‘rfazi» deya nomlanadi. «Arab ko‘rfazi» iborasi forslar uchun istalmagan iboradir.
Eslatib o‘tamiz, eronliklarning ruslarga nisbatan noroziligiga sabab bo‘lgan post Rossiya prezidentining Yaqin Sharq va Afrika bo‘yicha maxsus vakili, tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Mixail Bogdanov Iroq elchisi Abderrahman Xuseyniy bilan uchrashgani haqidadir. Unda tomonlar mintaqaviy kun tartibidagi muhim jihatlarni, jumladan Falastin-Isroilni tartibga solish, Suriyadagi vaziyat va Arab ko‘rfazini muhokama qilganligi aytib o‘tilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter