Eron osmoni parvozlar uchun ochildi

Eron hukumati aksariyat aeroportlar faoliyatini tiklab, mamlakat osmonini parvozlar uchun ochdi. Bu haqda Eron fuqaro aviatsiyasi tashkiloti bayonot berdi.
«Mehrobod va imom Humayniy aeroportlari, shuningdek, mamlakat shimoli, sharqi, g‘arbi va janubidagi aeroportlar faoliyati tiklandi va barcha turdagi xizmatlarni ko‘rsatishga tayyor», — deyiladi Mehr agentligi keltirgan iqtibosda.
Ichki va xalqaro reyslar mamlakatning barcha aeroportlarida amalga oshiriladi. Faqat Isfahon va Tabriz aeroportlari keyinroq, zarur infratuzilma shay bo‘lgach, ishga tushadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter