Eronda noxush hodisa yuz berdi

Eron janubida sodir bo‘lgan ikkita kuchli zilzila oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, sakkiz kishi jarohatlandi. Bu haqda mahalliy hukumatga tayanib Mehr agentligi xabar bermoqda.
Yakshanba kuni tushdan keyin 6,0 magnitudali ikkita zilzila sodir bo‘ldi. Ularning epitsentri Bender-Abbas shahridan (Hurmozgan viloyati) taxminan 60 kilometr uzoqlikda joylashgan.
IRIB telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, marhum elektr uzatish liniyasi ustunining qulashi natijasida vafot etgan.
Hududga qutqaruv guruhlari yuborilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter