Falastin Isroil bilan muloqotni to‘xtatdi

Iordan daryosining G‘arbiy sohilidagi Jenin shahrida Isroil kuchlari amalga oshirayotgan so‘nggi harbiy amaliyotda 9 nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi. Bu haqda xabar bergan Falastin sog‘liqni saqlash vazirligi qurbonlar soni oshib borayotganidan xavotir izhor qilgan.
3 iyul kuni Isroil armiyasi bosib olingan G‘arbiy sohildagi Jenin hududida terrorga qarshi kurash da’vosi bilan keng ko‘lam harbiy amaliyot boshlagan.
Falastin ma’muriyati Isroilning ushbu hujumiga javoban Tel-Aviv bilan muloqot hamda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirish to‘xtatilganini ma’lum qilgan.
Falastin prezidenti matbuot xizmatiga ko‘ra, Isroil bilan Iordaniyaning Aqaba va Misrning Sharm ash-Shayx shaharlarida erishilgan kelishuvlar ham o‘z kuchini yo‘qotgan.
Jeninda Isroil kuchlari o‘tkazayotgan navbatdagi harbiy amaliyotni musulmon dunyosi qoralagan. Jumladan, Turkiya tashqi ishlar vazirligi ushbu hujum oqibatida yangi zo‘ravonlik to‘lqini avj olishidan xavotirda.
Avvalroq Saudiya Arabistoni podshohligi ham Jenindagi falastinliklar o‘limiga sabab bo‘lgan bosqinni qoralagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter