Fransiyadagi tarixiy orol terror xavfi tufayli bo‘shatildi

Fransiya ramzlaridan biri bo‘lgan, har yili 3 milliondan ziyod sayyoh tashrif buyuradigan Mon-Sen-Mishel oroli terror xavfi tufayli butunlay bo‘shatildi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.
Mamlakat shimolidagi turistik Mon-Sen-Mishel orolidagi kishilar vertolyotda xavfsiz hududga ko‘chirildi.
Mishel hududi hokimi Jin-Mars Sabatsening jurnalistlarga bergan intervyusida bugun, 22-aprel kuni erta tongda sayyohlarga qo‘shilib kemaga mingan bir kishi politsiyada shubha uyg‘otgan. Orolga yetib borganida uni politsiya xodimlari tekshirmoqchi bo‘lishgan. U xavfsizlik xodimlariga «o‘ldiraman» deya o‘shqira ketgan.
Mahalliy matbuot xabarlariga ko‘ra, shubhali kimsa sababli orolga boruvchi kemalar qatnovi to‘xtatilgan. Oroldagi barcha sayyohlar xavfsiz joyga ko‘chirilgan, binolarda tintuv o‘tkazilgan.
Parijdagi Eyfel minorasidan keyingi eng ko‘p sayyoh tashrif buyuradigan orolda 50 kishi yashaydi. Bu orol 1979-yili YUNESKOning Nomoddiy madaniy meroslar ob’yekti ro‘yxatiga kiritilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter