Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«G7» sammiti: navbat kimga?

«G7» sammiti: navbat kimga?

Foto:«Korrespondent.net»

Yaqindagina Kanadaning Kvebek shahrida «G7» (katta yettilik) sammiti o‘z nihoyasiga yetdi. Galdagi sammit Fransiyaning Biarrits shahrida, yozning oxirigacha o‘tkazilishini Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ma’lum qilgan. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

«Fransiya kelgusi yili «G7» prezidentligini qabul qilib oladi. Biz hozir bir necha mavzularda ish olib borayapmiz. Kelgusi yil boshida biz o‘zimizning nimalarga qodir ekanimizni ko‘rsatamiz», — degan Makron.

Bu haqda Makron katta yettilik sammitida aytib o‘tgan.

«Sammit go‘zal shahar Biarritsda o‘tkaziladi. Shahar meri bizni kutib olishga rozi», — degan Fransiya prezidenti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring