Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniya tibbiy himoya vositalari eksportini taqiqladi

Germaniya tibbiy himoya vositalari eksportini taqiqladi

Foto: «Youtube.com»

Germaniya koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli tibbiy himoya vositalari eksportiga taqiq qo‘ydi, deya xabar berdi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi.

«Barcha tibbiy himoya vositalarini (niqob, qo‘lqop, maxsus kiyim va hokazo) mamlakat hududidan tashqariga eksport qilishni taqiqlanadi. Faqat ayrim vaziyatlarda istisno qilish mumkin», — deyiladi vazirlik xabarida.

Germaniyada yangi turdagi koronavirusni yuqtirganlar soni 240 kishiga yetdi, deya ma’lum qildi chorshanba kuni ertalab Robert Kox instituti. Virus GFRning deyarli barcha federal yerlarida qayd etildi, deb yozadi «RIA Novosti».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring