Hindistonda havo tozalanib, 30 yildan buyon ilk marta qorli cho‘qqi ko‘rindi

Hindistonda karantin tufayli havo tozalandi. Aholi 30 yildan beri ilk marta Himolayning qorli cho‘qqilarini ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi.
Panjob shtati Jalandxar tumani aholisi ijtimoiy tarmoqlarda Himolay tog‘larining qorli cho‘qqilari tasvirlangan suratlari bilan bo‘lishdi, deb yozadi Esquire.
Tog‘ cho‘qqilaridagi qorlar uzoq vaqtdan beri atmosfera ifloslanishi oqibatida ko‘rinmayotgan edi.Hozirda koronavirus pandemiyasi tufayli karantin joriy etilgani uchun atmosferaga zararli moddalar chiqarilishi sezilarli darajada kamaydi hamda havo tozalandi.
«30 yilda ilk marta Himolayning qorli cho‘qqilari Panjobdan, 200 kilometr masofadan, ko‘rinmoqda», — deb yozadi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi.
Eslatib o‘tamiz, Hindistonda 24 martdan e’tiboran umummilliy karantin e’lon qilingan. Fuqarolarning ko‘chaga chiqishi taqiqlangan, transportda harakatlanishga ham cheklovlar mavjud. Yirik zavod va korxonalar ishlamayapti. Aynan ushbu holat mamlakatda ob-havo tozalanishiga sabab bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter