Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda koronavirusning mutatsiyaga uchragan yangi varianti aniqlandi

Hindistonda koronavirusning mutatsiyaga uchragan yangi varianti aniqlandi

Hindistonning Maxarashtra shtatida 20 ta koronavirusning yangi turi «Delta plyus» (B.1.617.2.1) ni yuqtirish holati qayd etilgan. Bu haqda India TV telekanali xabar berdi. 

«Delta plyus Navi-Mumbay, Palgar va Ratnagiridan topildi. Shundan so‘ng biz tahlil uchun ko‘proq namunalar jo‘natdik va hisobotlarni kutmoqdamiz», — deydi u.

Ratnagiri shahrida yangi shtamm bilan yuqtirishning beshta holati qayd etilgan. bemorlarning ikkitasida hech qanday yuqtirganlik alomatlari yo‘q. Shahar ma’muriyati kasallik topilgan hududni vaqtincha yopib qo‘yishgan.

2020-yil 5-oktyabrda Hindistonning Maxarashtra shtatida aniqlangan V.1.617 koronavirus shtami yaqin orada ko‘plab mamlakatlarda topilgan. Mahalliy shifokorlarning fikriga ko‘ra, bu mutatsiya Hindistonda koronavirusning ikkinchi to‘lqinining sabablaridan biri bo‘lishi mumkin.

Hozirda Hindiston koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turibdi. Mahalliy Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning mart oyidan boshlab, koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 29,8 milliondan oshgan. Bemorlarning 28,7 milliondan ortig‘i sog‘ayib ketgan, 386 mingdan ortig‘i vafot etgan. Hozirda 729 ming kishi davolanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring