Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hondurasda samolyot quladi

Hondurasda samolyot quladi

Foto:«Segodnya.ua»

Hondurasda shaxsiy samolyotning qulashi oqibatida 6 kishi jarohatlangan. Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.

AQShning Texas shtatidagi Austin shahridan parvoz qilgan shaxsiy samolyot Tegusigalpa shahridagi «Toncontin» aeroportiga qo‘nayotgan paytda qulagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, baxtli tasodif tufayli hech kim halok bo‘lmagan. Lekin 6 kishi turli darajada jarohatlangan.

Samolyotda necha kishi bo‘lgani haqida ma’lumot yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Tegusigalpa shahridagi «Toncontin» aeroporti tog‘lar orasida joylashganligi sababli unga qo‘nish juda qiyin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring