Isroil kuchlari Eron hududini bombalagani aytilmoqda

Bugun, 29-yanvarga o‘tar kechasi Erondagi harbiy infratuzilma ob’yektlarida bir qator kuchli portlashlar sodir bo‘ldi.
Mamlakatning IRNA axborot agentligining xabar berishicha, Sharqiy Ozarbayjon viloyatining Shahid-Salimiy shahrida dvigatel moylari ishlab chiqaruvchi yirik zavod yonib ketgan.
Tasnim agentligining xabar berishicha, markaziy Isfahon viloyatidagi harbiy o‘q-dorilar zavodiga ham uchuvchisiz uchoqlar hujum qilgan.
Shuningdek, Eron g‘arbidagi Dizful shahridagi aviabazada portlash, Hamadon (mamlakat g‘arbi) va Rasht (shimol) shaharlarida portlash va yong‘inlar sodir bo‘lgani haqida xabarlar kelmoqda.
Tehronda mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, hukumat binolariga hujum uyushtirilgan. Guvohlarning xabar berishicha, Eron poytaxti osmonida samolyotlar ko‘tarilgan.
Hozircha qurbonlar va jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Al-Arabiya telekanalining ma’lumot berishicha, Isroil Eron harbiy infrastrukturasiga zarba berish uchun harbiy amaliyot boshlagan. Ammo Isroil hukumati mazkur ma’lumotni hozircha izohlamadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter