Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroilning yangi hukumati Ukrainaga harbiy yordam bermasligini aytdi

Isroilning yangi hukumati Ukrainaga harbiy yordam bermasligini aytdi

Binyamin Netanyaxu boshchiligidagi Isroilning yangi hukumati Ukrainadagi urushga munosabatini o‘zgartirmaydi va Ukrainaga harbiy yordam bermaydi. Bu haqda Politico nashri ma’lum qildi.

Isroil shu vaqtgacha Kiyevga oziq-ovqat, dori-darmon, suv va boshqa gumanitar yordamlar yetkazib berdi. Ammo, Isroil haligacha Ukrainaga Rossiya kuchlariga qarshi foydalanish uchun muhim harbiy texnikani taklif qilmadi. Bu Vashingtonni g‘azablantirmoqda, ammo bugun Moskvani qoniqtirmoqda, deb yozadi gazeta.

Isroil tashqi ishlar vaziri Eli Koen Ukrainaga qurol yetkazib berish borasida hech narsa demadi.

Ukraina Isroildan havo hujumidan mudofaa «Temir gumbaz» tizimlari va boshqa qurollarni bir necha bor so‘ragan. Biroq, Isroil hukumati buni rad etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring