Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Izmirdagi turarjoy binosi yonib ketdi

Izmirdagi turarjoy binosi yonib ketdi

Bugun Turkiyaning Izmir shahridagi elita turarjoy majmuasida noma’lum sababga ko‘ra kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in juma kuni ertalab, Izmir g‘arbidagi Yenikale hududidagi uyda sodir bo‘lgan.

Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Fahrettin Kojaning Twitter’da yozishicha, yong‘in oqibatida 7 kishi jabrlangan. Ulardan 6 nafari karbonat angidrid gazidan zaharlangan.

Izmir gubernatori Selim Koshgerning aytishicha, qurbonlar yo‘q. Biroq  uyning kirish qismi butunlay yonib ketgan.

Yong‘in sabablari hozircha aniqlanmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring