Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti 25 yilga qamaldi

Koreya Respublikasining Apellyatsiya sudi mamlakatning sobiq prezidenti Pak Kin Xeni 25 yillik qamoq jazosiga mahkum qildi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar qilmoqda.
Shu yilning aprelida sud sobiq prezidentga 24 yillik qamoq jazosini tayinlagan edi. Unga bir necha o‘n million dollar mablag‘ni talon-taroj qilganlik aybi qo‘yilgan.
Appelyatsiya sudi Pak Kin Xening jazosini o‘ta yumshoq, deb hisoblagan prokurorlar talabi bilan ishni qayta ko‘rib chiqishni boshlagan edi. Qoralovchi tomon Janubiy Koreyaning sobiq rahbarini 30 yilga qamashni va 118,5 milliard von jarimaga tortishni talab qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter