Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ko‘p qahva iste’mol qilishning ayrim zararlari ma’lum bo‘ldi

Ko‘p qahva iste’mol qilishning ayrim zararlari ma’lum bo‘ldi

Rossiyalik narkolog Aleksey Kazansev kofeni ortiqcha iste’mol qilish xavfi haqida gapirdi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, bu ichimlik markaziy asab tizimini qo‘zg‘atadi: agar siz uni muntazam ravishda ichsangiz, kuchli asabiylashishga olib kelishi mumkin. 

Bundan tashqari, ko‘p qahva iste’moli sabab odam uyqu bilan bog‘liq muammolarga duch keladi. Agar odam doimo stressni boshdan kechirsa, unda kayfiyat o‘zgarishi va hatto tajovuzkorlik paydo bo‘lishi mumkin.

«Kofein o‘z-o‘zidan tajovuzkorlikka olib kelmaydi, salbiy vaziyatlar ham bunga hamroh bo‘ladi. Ishdagi, uydagi nizolar yoki uyqusizlik rol o‘ynashi mumkin», deydi narkolog.

Qahvani bir kunda ikki chashkadan ortiq ichmagan ma’qul, ertalab va tushdan keyingi payt ichimlik iste’moli uchun yaxshi vaqtdir. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring