Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus Markaziy Osiyoning yana bir davlatida qayd etildi

Koronavirus Markaziy Osiyoning yana bir davlatida qayd etildi

Foto:«Rambler»

Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha uch holat aniqlandi. Bu haqda 18-mart kuni o‘tkazilgan brifingda mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Kosmosbek Cholponbayev ma’lum qilgan, deya yozdi 24.kg nashri.

Ayni vaqtda Qirg‘iziston xorijiy davlat fuqarolari uchun o‘z chegaralarini yopgan. Mamlakatga faqat qirg‘izistonliklar kirishi mumkin.

Natijada ushbu mamlakat Markaziy Osiyoning koronavirus yetib kelgan uchinchi davlati(avvalroq Qozog‘iston va O‘zbekiston)ga aylandi. Jumladan, O‘zbekistonda 13ta holat qayd etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring