Turkiyaga kattaroq pul kerak — MB sobiq rahbari

Turkiyada 500 liralik yangi banknotani muomalaga kiritish fursati yetdi — mamlakat Markaziy bankining sobiq rahbari, hozirda muxolifatdagi Yaxshi partiyasining a’zosi Durmush Yilmaz shu fikrda.
Mamlakatda muomaladagi eng yirik milliy kupyura — 200 turk lirasi. 28-aprel holatiga, Turkiya MB kursi bo‘yicha, ushbu kupyura qiymati 13,5$ ga teng, 500 lira esa $33,8 qiymatga ega.
Yilmaz o‘sib borayotgan inflyasiya sharoitida 200 liraning xarid qobiliyati pasayib ketganini ta’kidlab, yanada yuqoriroq qiymatdagi pulni chiqarish zarurati eng yuqori qiymatli kupyura emissiyasi jami hajmining 50 foiziga yaqinlashayotganida yuzaga keladi, dedi.
«Mart oyida 200 lira emissiyasi 42 foizdan oshdi, hozir 46 foiz atrofida. Agar 100 lira bilan vaziyatni ham bunga qo‘shsak, emissiya 88 foizdan oshib ketadi. Inflyasiya hozirgi holatida saqlanib qolsa, yirikroq qiymatli banknota chop etish masalasi ko‘ndalang bo‘lishi aniq», — qo‘shimcha qildi MB sobiq rahbari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter