Minnesota: «Putin» hayotdan ko‘z yumdi
AQShning Minnesota shtati hayvonot bog‘ida «Putin» laqabli yo‘lbars vafot etdi, deb xabar bermoqda «The Independent» nashri. Jonivor tibbiy tekshiruv payti yurak xastaligi sabab hayotdan ko‘z yumgan.
Amur nasliga mansub yo‘lbarsning «tarjimai holi» xiyla qiziq. Jonivor 2010 yilda Chexiyada tug‘ilgan. Putin laqabi ham unga chex o‘lkasida berilgan. Keyingi olti yil davomida yo‘lbars Daniyadagi hayvonot bog‘idan qo‘nim topgan. So‘ngra okean ortiga safar qilgan: 2015 yildan Minnesota hayvonot bog‘ida yashab kelgan.
Minnesota hayvonot bog‘i ma’muriyati «Putin»ning vafotini og‘ir yo‘qotish deb atagan. Darvoqe, nar yo‘lbars o‘zidan bir necha izdosh qoldirib ketgan.
Amur yo‘lbarslari yo‘qolib borayotgan jonivorlar sirasiga kiradi. Shimoliy Amerika zooparklarida bu naslga mansub jonivorlardan 103 tasi parvarishlanmoqda. Yovvoyi tabiat bag‘rida esa ulardan 500 chog‘li qolgan, xolos.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter