Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nevadada samolyot halokati natijasida uch kishi vafot etdi

Nevadada samolyot halokati natijasida uch kishi vafot etdi

Foto: «CC0»

Nevada shtati Goshut vodiysida yengil motorli samolyot halokati natijasida uch kishi hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar berdi mahalliy «Elko Daily» nashri.

Okrug sherifi Elkoning so‘zlariga ko‘ra, fojia shanba kuniga o‘tar kechasi yuz bergan. Qutqaruvchilar Yuta shtati chegarasidan 40 kilometr uzoqlikda samolyot qoldiqlarini topishgan. Politsiyachining aytishicha, samolyot yo‘lovchilari arizonalik erkak, ayol va go‘dak bo‘lgan. Halok bo‘lganlarning shaxsi ma’lum qilinmayapti.

Nashrning yozishiga qaraganda, sherif idorasi AQSh federal aviatsiya ma’muriyati va Milliy transport xavfsizlik kengashi bilan hamkorlikda tekshiruv olib bormoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring