Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: AQSh Qirg‘izistonga qarshi sanksiya kiritmoqchi

OAV: AQSh Qirg‘izistonga qarshi sanksiya kiritmoqchi

AQSh Qirg‘izistonning Rossiya bilan noqonuniy savdosini to‘xtatish uchun unga qarshi yangi iqtisodiy choralar qo‘llashga tayyorlanmoqda.

Bu haqda  Washington Post prezident ma’muriyatining rejalari bilan tanish bo‘lgan ikki amerikalik rasmiyga asoslanib yozgan. 

Nashrning yozishicha, AQSh rasmiylari shu haftadanoq chora ko‘rishni boshlashi mumkin. 

Nashrning yozishicha, Qirg‘iziston Rossiyaga Xitoyning uchuvchisiz uchoqlari kabi ikki maqsadli tovarlar yetkazib berilishini ma’qullaydi.

AQSh rasmiylari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan hisobotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonning Rossiyaga umumiy eksporti 2022 yilda Ukrainaga bostirib kirishdan oldingi yilga nisbatan 250 foizga oshgan. Shuningdek, ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, fevral va mart oylarida Qirg‘iziston kompaniyalari Xitoy va Janubiy Koreya kompaniyalaridan elektronika, jumladan, ixtisoslashgan yarim o‘tkazgichlar va kuchlanish kuchaytirgichlarini – yuz minglab dollarlik ommaviy xaridlarni amalga oshirgan.

Hujjatlar shuni ko‘rsatadiki, xuddi shu davrda Qirg‘izistondan Rossiyaga taxminan bir xil turdagi elektronika yeksport qilingan. AQShning yuqori martabali mulozimining so‘zlariga ko‘ra, tovarlarni olgan rus firmalari ko‘p hollarda Rossiya mudofaa sanoatining taniqli yetkazib beruvchilari bo‘lgan.

Qirg‘izistonning Vashingtondagi elchixonasi WP so‘roviga javoban mamlakat rahbariyati kontrabanda va boshqa noqonuniy savdoga qarshi kurashda xalqaro qoidalarga rioya qilish tarafdori ekanini ma’lum qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring