Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ozarbayjon o‘z fuqarolarini Eronga bormaslikka chaqirdi

Ozarbayjon o‘z fuqarolarini Eronga bormaslikka chaqirdi

Eron Islom Respublikasidagi vaziyat va Ozarbayjon elchixonasiga qilingan qurolli hujum uyushtirilganini inobatga olib, Ozarbayjon o‘z fuqarolariga zarur bo‘lmagan taqdirda Eronga bormaslikni, boruvchilarga esa o‘ta ehtiyot bo‘lishni tavsiya qildi. Bu haqda Ozarbayjon TIV matbuot xizmati xabar berdi.

«Eron Islom Respublikasidagi beqaror vaziyat va mamlakatimiz diplomatik vakolatxonasida sodir etilgan terrorchilik harakatini inobatga olib, Ozarbayjon Respublikasi o‘z fuqarolariga Eronga kerak bo‘lmagan hollarda tashrif buyurmaslik, tashrif buyuruvchilarga esa nihoyatda ehtiyotkor bo‘lish tavsiya etiladi. Hozirda Eron Islom Respublikasida bo‘lgan Ozarbayjon Respublikasi fuqarolariga xavfsizlik qoidalariga rioya qilish tavsiya etiladi», — deyiladi TIV xabarida.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 27 yanvar kuni Ozarbayjonning Erondagi elchixonasiga qurolli hujum uyushtirilgan edi. Hodisa oqibatida elchixona xavfsizlik xizmati rahbari halok bo‘lgan, ikki kishi jarohatlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring