Xitoyda bortida 133 kishi bo‘lgan samolyot halokatga uchradi

Xitoy sharqidan janubiga yo‘l olgan Boeing 737 samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda People portali xabar bermoqda.
Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqida rasmiy ma’lumot yo‘q. Favqulodda holat haqida ma’lumotlar aniqlanmoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot bortida 133 kishi bo‘lgan. Samolyot o‘rmonga qulagan, hodisa joyida yong‘in boshlangan.
Flightradar ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot Kunmindan Guanchjouga uchayotgan bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter