Peru prezidenti ko‘chirmakashlikda ayblanyapti, prokuratura ish ochdi
Peru prokuraturasi plagiatda ayblanayotgan mamlakat prezidenti Pedro Kastilio va uning xotini Liliya Paredes ishi bo‘yicha tergov boshladi. Bu haqda «La Tribuna» xabar berdi.
Panamerika televideniyesining «Panorama» ko‘rsatuvida jurnalistlar prezident Kastilio va uning xotini hammualliflikda yozgan 121 sahifali magistrlik dissertatsiyasining 54 foiz matni boshqa mualliflardan o‘g‘irlanganini ta’kidlashgandi.
Plagiatni fosh qilish uchun jurnalistlar Turnitin dasturidan foydalanishgan.
Qolaversa, dissertatsiyani tasdiqlagan uch mutaxassisdan ikki nafari shaxslarni tasdiqlash milliy reyestrida ro‘yxatdan o‘tmagan, deyilgan «Panorama» ko‘rsatuvida.
Peru prezidenti jurnalistlarning ayblovini siyosiy bo‘yoq chaplangan bo‘hton, mamlakat barqarorligini izdan chiqarish rejasining bir qismi, dedi.
Shu yilning fevralida uch kun ishlagan Peru bosh vaziri Ektor Valer Pinto matbuotda chop etilgan maqolalar sababli iste’foga chiqqandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter