Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentlik poygasi: Tramp Baydenga yetay deb qoldi

Prezidentlik poygasi: Tramp Baydenga yetay deb qoldi

Foto: «NY Daily News»

AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp davlat rahbarligi uchun saylovdagi eng asosiy raqibi Jozef Bayden bilan oradagi tafovutni oxirgi oylarda ancha qisqartirdi. Kecha, yakshanba kuni e’lon qilingan ijtimoiy so‘rovnoma (12—15-avgustda o‘tkazilgan) natijalari bundan dalolat beradi, deyiladi CNN xabarida.

Agarda saylov hozir o‘tkazilganida kimga ovoz berardingiz — so‘rovnomada qatnashganlarga ushbu savol berilgan. Respondentlarning 50 foizi Bayden yoki senator Kamala Xarris (vitse-prezidentlikka nomzod)ni yoqlashini, 46 foizi esa Trampni va amaldagi vitse-prezident Maykl Pensni qo‘llashini bildirgan.

Respondentlarning taxminan 1 foizi boshqa bir nomzodga ovoz berishga tayyor, 2 foiziga esa yuqoridagi hech bir siyosatchi yoqmaydi. So‘rovnomada qatnashganlarning qolgan qismi hech qanday javob bermagan.

Eslatib o‘tamiz, 2—5-iyundagi so‘rovnomada Baydenni qo‘llovchilar 55 foiz, Tramp siyosati tarafdorlari esa 41 foizni tashkil etgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring