Putin va Tramp ikkinchi marta uchrashadimi?

Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning aytishicha, Putin va Trampning ikkinchi uchrashuviga hali tayyorgarlik boshlanmagan. Bu haqda «RIA Novosti» axborot agentligi xabar bermoqda.
Ikkala davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvi shu yil 11 noyabr kuni Parij shahrida Birinchi jahon urushi tugaganining 100 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbir doirasida bo‘lishi ham noma’lum.
«Parijda o‘tkaziladigan qandaydir aniq tadbir, aniq uchrashuv haqida hozirdan biror narsa deyish qiyin. Chunki biz hozir ushbu uchrashuvda necha kishi qatnashishini aniq bilmaymiz. Ammo Parijga 50 nafar yoki undan ko‘proq rahbarlar borishi haqida aytishyapti», – degan Ushakov jurnalistlarning mavzuga doir savollariga javob qaytara turib.
Avvalroq Rossiya 11 noyabr kuni Parijga borish taklifiga ijobiy javob qaytarishi aytilgan edi.
Ayni damda Ushakovning ta’kidlashicha, uchrashuv tadorigi haqida gapirishga hali erta.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter