Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vaziri ishdan olindi

Qirg‘iziston bosh vazirining o‘rinbosari hamda sog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan ozod etildi.
Prezident Sooronbay Jeenbekov 1-aprel kuni imzolagan farmonga ko‘ra, bosh vazir o‘rinbosari Altinay Omurbekova hamda sog‘liqni saqlash vaziri Kosmosbek Cholponbayev lavozimidan bo‘shatildi.
Ta’kidlash kerakki, koronavirus epidemiyasi Qirg‘izistonda keng tarqamoqda. Bishkek, O‘sh va Jalolobodda, Novqat, Qorasuv, Suzoq tumanlarida favqulodda holat va komendantlik soatlari joriy etilgan.
Ayni paytga kelib mamlakat hududida koronavirusni yuqtirish bo‘yicha 111 ta holat aniqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter