Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘izistonga kirish tartibi dekabr oyidan o‘zgaradi

Qirg‘izistonga kirish tartibi dekabr oyidan o‘zgaradi

Qirg‘izistonga kirish tartibi o‘zgarmoqda. Xabar qilinishicha, birinchi dekabrdan mamlakatga tashrif buyuruvchilar uchun majburiy PSR testi joriy etiladi.

Emlash holatidan qat’i nazar, koronavirusga qarshi PSR testi salbiy natija bergan taqdirdagina mamlakatga kirish mumkin bo‘ladi. Bunday talab xorijiy mehmonlar bilan bir qatorda Qirg‘iziston fuqarolariga ham tegishlidir.

Qayd etilishicha, Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vazirligi «omikron» shtammi tarqagan mamlakatlardagi epidemiologik vaziyatni kuzatib boradi va tegishli ro‘yxatni chegara xizmatiga muntazam yetkazib beradi.

«Omikron» shtammi aniqlangan mamlakat fuqarolarining Qirg‘iziston Respublikasi hududiga kirishi taqiqlanadi», — deyiladi Qirg‘iziston hukumati bergan xabarda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring