Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda harbiy ombor portladi. Ikki yil avval ham shunday bo‘lgandi

Qozog‘istonda harbiy ombor portladi. Ikki yil avval ham shunday bo‘lgandi

Videodan lavha.

Qozog‘istonning Jambul viloyatida katta portlash sodir bo‘ldi. Hudud harbiy omborlaridan birida yong‘in yuz bergan, natijada o‘q-dorilar portlagan bo‘lishi mumkin, deb yozadi Tengrinews.kz nashri.

Katta yong‘in guvohlar tomonidan tasvirga olingan.

«Tarozga ketayotgan yo‘lda joylashgan harbiy ombor yonib ketdi. Mashinada portlash zarbasining to‘lqini sezildi», — deydi guvohlardan biri.

Jabrlangan va halok bo‘lganlar haqida ma’lumot hozircha yo‘q. 

Ta’kidlash joizki, shunga o‘xshash hodisa 2019-yil Aris shahrida ham sodir bo‘lgandi. O‘shanda harbiy ombordagi portlash natijasida uch kishi halok bo‘lgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring