Qozog‘istonni O‘zbekiston bilan bog‘laydigan yangi avtomobil yo‘li quriladi

O‘zbekistonni Qozog‘istonning g‘arbiy viloyatlari bilan bog‘lash uchun Beyneu-Shalkar avtomobil yo‘li quriladi.
Qozog‘iston Bosh vaziri Alixan Smailovning bildirishicha, bu TRASEKA 8-atomobil yo‘lagini shakllantirishni yakunlashga xizmat qiladi. U bu haqda Toshkentda bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammitida ta’kidlab o‘tgan.
Smailovga ko‘ra, mintaqaning transport aloqasini rivojlantirish ham muhim, chunki IHTga a’zo 10 ta davlatdan 7 tasi jahon okeaniga chiqish imkoniga ega emas.
«Qozog‘iston Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishini rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berib, infratuzilma va logistika loyihalarida faol ishtirok etmoqda. O‘z salohiyatini oshirish maqsadida Qozog‘iston, Ozarbayjon, Gruziya va Turkiya bir vaqtning o‘zida to‘siqlarni bartaraf etish va 2027-yilgacha O‘rta koridorni rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritalarini amalga oshirmoqda.
Ular yo‘nalishning o‘tkazish qobiliyatini sezilarli darajada oshiradi», – deydi Alixan Smailov.
Alixan Smailov, shuningdek, Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasidagi «Markaziy Osiyo» sanoat hamkorligi xalqaro markazini transchegaraviy savdo va logistika infratuzilmasini rivojlantirishning asosiy o‘sish nuqtalaridan biri ekaniga urg‘u beradi.
Uning aytishicha, kelgusida Qirg‘iziston bilan chegarada ham xuddi shunday savdo-logistika majmuasi quriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter