Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Respublikachilarning katta qismi Trampni qo‘llamoqda — so‘rovnoma

Respublikachilarning katta qismi Trampni qo‘llamoqda — so‘rovnoma

AQSh respublikachi saylovchilarining qariyb 70 foizi AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga qarshi ayblovlarga qaramay, 2024 yilgi saylovlarda prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatilishini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Bu haqda NBC News ijtimoiy so‘rov natijalariga asoslanib xabar berdi.

Nashrning qayd etishicha, 14-18 aprel kunlari o‘tkazilgan so‘rovda ming nafar amerikalik saylovchi ishtirok etgan.

So‘rov natijalariga ko‘ra, respublikachi respondentlarning qariyb 68 foizi Trampni partiya nomzodini ko‘rsatishga munosib da’vogar, deb hisoblaydi. Saylovchilarning fikricha, Trampga qo‘yilgan ayblovlar siyosiylashtirilgan va uning Oq uy rahbari lavozimiga saylanishiga to‘sqinlik qilishga qaratilgan.

Tramp nomzodiga saylovchilarning 26 foizi qarshi chiqqan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring