Rossiya Xarkovga raketa zarbasi berdi (foto)

Ko‘p qavatli uylar, tibbiyot muassasasi binosiga berilgan zarbalar oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 17 kishi yaralandi.
16 yanvarga o‘tar kechasi Rossiya harbiylari Xarkovga raketa zarbasi berdi, bu haqda hudud rahbari Oleg Sinegubov ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Rossiyaning Belgorod shahridan ikkita S-300 raketasi uchirilgan.
O‘qqa tutilishi natijasida bir fuqaro halok bo‘ldi, deya xabar beradi «RBK-Ukraina» shahar politsiyasiga tayanib.
Oleg Sinegubovning so‘zlariga ko‘ra, raketa hujumi natijasida 17 nafar tinch aholi — bir erkak va 16 ayol yaralangan. Yaradorlardan biri 90 yoshda.
«Ayni damda shifoxonada jabrlanganlar soni 13 nafar: 43 yoshli ayolning ahvoli o‘ta og‘ir. 39 yoshli ayol ham og‘ir jarohatlangan», — deydi Oleg Sinegubov.
Xarkovning Xolodnogorsk tumanida zarba oqibatida 20 ga yaqin ko‘p qavatli uylar, tibbiyot punkti binosi shikastlangan, 14 ta mashina vayron bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter