Braziliyada yetti qavatli uy qulab tushdi (video)

Braziliyaning Fortaleza shahrida yetti qavatli uy qulab tushdi. Hodisa kecha, 15 oktyabrda sodir bo‘lgani aytilmoqda.
Ertalab, soat 10:30da Rua Tibursio Kavalkante ko‘chasidagi Dionisio-Torres kvartalida baxtsiz hodisa ro‘y bergan. O‘t o‘chirish xizmati tomonidan tasdiqlanishicha, bino qulashi oqibatida bir kishi vafot etgan.
Shu bilan birga yana bir kishining hayoti saqlab qolingani aytilyapti. Ayni vaqtda u kasalxonaga yetkazib borilgan.
Qulab tushgan uyda yashagan odamlar hozirgacha vafot etganlar va jarohat olganlar haqida rasmiy xabar kutmoqda. Hodisa ro‘y bergan joyda qidiruv-qutqaruv xizmati ish olib boryapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter