Shvarsenegger Trampni makaronga qiyosladi (video)

Kaliforniyaning sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv chog‘ida Amerika razvedkasiga, qonunlar va, umuman, mamlakatga sotqinlik qildi, deb hisoblamoqda. Bu haqda u o‘zining «Twitter»dagi sahifasida aytgan.
President @realDonaldTrump, remember, America first. pic.twitter.com/JDEm2rR50G
— Arnold (@Schwarzenegger) July 16, 2018
Shvarseneggerning fikricha, Xelsinkidagi uchrashuvda AQSh prezidenti Donald Tramp «kichkina umidsiz makaroncha» kabi ko‘ringan.
«Prezident Tramp, men hozirgina sizning prezident Putin bilan matbuot anjumaningizni ko‘rdim, va bu juda uyatli ko‘rindi. Siz u yerda xuddi kichkina umidsiz makaronchadek, kichkina muxlisdek turdingiz. Men o‘zimdan siz qachon undan dastxat yoki selfi so‘rarkinsiz deb so‘radim»,- degan Shvarsenegger.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter