Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq qo‘mondon Zalujniyning keyingi taqdiri ma’lum bo‘ldi

Sobiq qo‘mondon Zalujniyning keyingi taqdiri ma’lum bo‘ldi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat Qurolli kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyni Buyuk Britaniyaga elchi sifatida yuborishga qaror qildi.

«2024-yil 7-mart, payshanba kuni prezident sobiq qo‘mondon Valeriy Zalujniyni Ukrainaning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlashga qaror qildi. Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Britaniya tomoniga tegishli so‘rov yubordi», — deyiladi Ukraina Tashqi ishlar vazirligi saytida.

Hozircha Zalujniyning o‘zi bu qarorga izoh bermadi.

Eslatib o‘tamiz, 8-fevral kuni Zelenskiy  Valeriy Zalujniyni qo‘mondonlik vazifasidan ozod etib, uning o‘rniga general Aleksandr Sirskiyni tayinladi. 2023-yilgi qarshi hujum natijalaridan keyin Zelenskiy va Zalujniy o‘rtasida keskinlik yuz bergani haqida OAVda xabarlar tarqalgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring