Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tarixdagi eng yirik savdo bitimi kuchga kirdi

Tarixdagi eng yirik savdo bitimi kuchga kirdi

2022-yil 1-yanvardan boshlab Har tomonlama mintaqaviy iqtisodiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi (RCEP).

U Xitoy va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari, jumladan Avstraliya, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi 15 ta davlatni birlashtirdi. RCEP kengayish uchun ochiq va Hindiston bunda birinchi bo‘lishi kutilmoqda.

Bitim Osiyodagi savdo hamkorlarga bir-birlarining bozorlariga kirish va mahsulotlarga bojlarni pasaytirish imkonini beradi, bu esa potensial tezroq iqtisodiy o‘sish va yuqori turmush darajasini va’da qilmoqda.

Qayd etilishicha, yangi kelishuv mehnatkashlar huquqlariga taalluqli emas va turli mamlakatlarga atrof-muhit va intellektual mulk huquqlarini himoya qilishga turlicha yondashish imkonini beradi. Bundan tashqari, u savdo siyosatining bir qismini ishtirokchi-davlatlar ixtiyoriga qoldiradi.

Shunga qaramay, RCEP sayyoramizdagi har uchinchi odamning daromadi o‘sishiga va globallashuv tarafdorlariga bir necha yillardan beri davom etayotgan koronavirus pandemiyasi va proteksionizmdan keyin global savdo va hamkorlikning tiklanishiga umid bermoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring