The New York Times: Qora dengizga qulagan Amerika droni qurollanmagan

Kecha, 14 mart kuni Qrim hududida Rossiyaning qiruvchi samolyoti tutib olgan va Qora dengizga qulagan Amerikaning MQ-9 Reaper droni qurollanmagan. Bu haqda The New York Times gazetasi Pentagondagi manbasiga tayanib yozmoqda.
«Bunday dronlar Hellfire raketalarini olib yurishga qodir, biroq bu qurilma qurollanmagan. U Qrimdan 120 kilometr janubi-g‘arbda razvedka missiyasini amalga oshirgan», — deyiladi xabarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, AQShga tegishli bo‘lgan uchoq Ruminiyadagi havo bazasidan havoga ko‘tarilgan. Odatda, bunday razvedka missiyalari 9-10 soat davom etadi.
Pentagon matbuot kotibi Patrik Rayder voqeaga izoh berar ekan, Rossiya tomonining MQ-9 Reaper droni kuzatuv va razvedka bilan shug‘ullangani haqidagi ma’lumotlarini tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, kecha Rossiyaning Su-27 qiruvchi samolyoti Qora dengiz ustida AQShning MQ-9 Reaper droni urib tushirgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter