«Tolibon» Afg‘onistonning ikkita vazirligini tugatdi

«Tolibon» harakati ma’muriyati Afg‘oniston muvaqqat hukumati tarkibidagi ikkita vazirlik faoliyatiga nuqta qo‘ydi. Bu haqda «Anadolu» agentligi Afg‘oniston muvaqqat hukumati matbuot kotibining o‘rinbosari Bilol Karimiyga asoslanib xabar berdi.
Tinchlik masalalari hamda parlament ishlari bo‘yicha vazirliklar tugatilgan.
Shuningdek, oldingi hukumat davrida faoliyat yuritgan Mustaqil saylov va Saylov apellyasiya komissiyalari ham tarqatib yuborilgan. Komissiyalar faoliyati zarurat tug‘ilganida tiklanadi, izoh berdi Karimiy.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter