Janubiy Koreya prezidenti: «Tolstoy va Dostoyevskiyni o‘qib Rossiyaga maftun bo‘lganman»

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In uni Rossiya qanday qilib rom etganini aytdi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar qilmoqda.
Janubiy Koreya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, poytaxt Moskva shahrida u shunday ajoyib hislarni tuygan.
«Tolstoy va Dostoyevskiyni o‘qib Rossiyaga maftun bo‘lganman va qachonlardir u yerga boraman deb niyat qilgan edim», – degan Mun Chje In.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Janubiy Koreya o‘rtasidagi sheriklik mustahkam asosga ega.
Avvalroq Rossiya prezidenti Moskva shahrida Mun Chje In boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgan edi.
Putinning aytishicha, Rossiya bilan Janubiy Koreya Shimoliy Koreyani yadroviy qurollardan xoli hududga aylantirish, Koreya yarimorolida tinchlikni ta’minlash bo‘yicha bir fikrda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter