To‘qayev Qozog‘iston nomini o‘zgartirish fikriga munosabat bildirdi

Milliy qurultoyning birinchi yig‘ilishida prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘iston nomini o‘zgartirish fikriga munosabat bildirdi.
«Ayrim fuqarolar davlatimiz nomini o‘zgartirish masalasini ham referendumga olib chiqish kerak, degan fikrlarni bildirishdi. Nazarimda, bunday qilish noto‘g‘ri. «Qazaqstan» (Qozog‘iston) so‘zidagi «stan» (iston) so‘zini ular Osiyo mamlakatlari uchun begona tushuncha, deb hisoblashyapti. Bu ham mantiqsizlik. Vaholanki, Markaziy Osiyo davlatlaridan tashqari, Pokiston, Hindiston, Afg‘oniston va boshqalar ham shu yo‘sinda nomlanadi.
O‘ttiz yil mobaynida biz mustaqil Qozog‘iston nomidan ko‘plab xalqaro shartnomalarga imzo chekdik. O‘z davlat chegaralarimizni o‘rnatdik. Bu sharoitda davlat nomini o‘zgartirish mas’uliyatsiz yechim bo‘lardi», — dedi qo‘shni davlat rahbari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter