Tramp Eron bilan muzokara o‘tkazishga rozi

Vashington Eron hukumati bilan muzokaralar o‘tkazadi, faqat bunga Tehron tayyor bo‘lishi kerak. AQSh prezidenti Donald Tramp bu haqda Pensilvaniya shtatiga uchib ketish arafasida ma’lum qildi.
«Ko‘ramiz, nima chiqarkin. Agar ular bizga telefon qilishsa, so‘zsiz, biz muzokara o‘tkazamiz, ammo hammasi ularga bog‘liq. Qachon tayyor bo‘lishsa qo‘ng‘iroq qilishlarini istayman, aks holda bezovta qilishmagani ma’qul», — TASS AQSh rahbaridan shunday iqtibos keltirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter