Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tramp hokimiyatni egallab olishga tayyorlanmoqda» - OAV

«Tramp hokimiyatni egallab olishga tayyorlanmoqda» - OAV

AQSh prezidenti Donald Tramp saylov natijalarini bekor qilishga va mamlakatda hokimiyatni egallab olishga tayyorlanayotgani haqida gumon qilinmoqda. Bu  haqida Axios nashri noma’lum yuqori martabali manbalarga asoslanib yozdi.

Tramp ma’muriyati ta’kidlashicha, Amerika rahbari shubhali tarzda o‘zining sobiq milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Maykl Flinn va advokat Sidni Pauell bilan ko‘p vaqt o‘tkazgan. Rasmiylar Tramp saylov natijalarini o‘zgartirib, hokimiyatni egallab olishidan qo‘rqishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda rasman Jo Bayden g‘alaba qozondi. 14-dekabr kuni saylovchilar hay’ati ham uni saylangan prezident deya e’lon qildi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring