Tramp unga qarshi fitna uyushtirilganini aytmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp saylovlarda mag‘lub bo‘lishiga farmatsevtika va texnologiyalar sohasidagi yirik kompaniyalar, shuningdek ommaviy axborot vositalari turtki bo‘lganini aytdi.
«Yirik farmatsevtika kompaniyalari saylov oldi kampaniyasi davomida menga qarshi millionlab dollarlik negativ reklamalarni boshladilar. Yirik farmatsevtika kompaniyalari, OAV bizga qarshi edi. Texnologik kompaniyalar bizga qarshi edi», – dedi Tramp.
Shuningdek, u yirik dori ishlab chiqaruvchisi «Pfizer» kompaniyasini amaldagi prezidentning g‘alaba qozonish imkoniyatini oshirmaslik uchun Germaniyaning BioNTech kompaniyasi bilan birgalikda ishlab chiqilgan vaksinaning muvaffaqiyati to‘g‘risidagi xabarlarni ataylab kechiktirganlikda aybladi.
AQShda prezident saylovi 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Amerikaning yetakchi ommaviy axborot vositalari demokrat Jozef Baydenning g‘alabasini e’lon qildi. Ko‘plab dunyo rahbarlari uni allaqachon tabriklashga ulgurishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter