Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Trampning koronavirusdan davolanishi 100 ming dollarga tushdi

Trampning koronavirusdan davolanishi 100 ming dollarga tushdi

Foto: AP

«The New York Times» jurnalistlari AQSh prezidenti Donald Trampning koronavirusdan davolanishiga ketgan xarajatlarni hisoblab chiqishdi.

Agarda prezidentning o‘rnida boshqa odam bo‘lganida davolanish kamida 100 ming dollarga tushardi, deb yozishmoqda jurnalistlar. Xarajatlarning katta qismi muolajalarga emas, balki qo‘shimcha xizmatlarga, xususan, vertolyotda keltirish, qayta-qayta testlar olishga sarflangan.

Tramp kovidga chalingani 2-oktyabr kuni ma’lum bo‘lgandi. Uning rafiqasi Melaniya Trampda ham kasallik aniqlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring