Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina Xitoyning mashhur kompaniyasini «urush homiysi» deb e’lon qildi

Ukraina Xitoyning mashhur kompaniyasini «urush homiysi» deb e’lon qildi

Ukraina korrupsiyaning oldini olish agentligi (NAPC) Xitoyning «Alibaba Group» kompaniyasini «urushning xalqaro homiylari» ro‘yxatiga kiritdi.

Agentlik bayonotiga ko‘ra, bunday qarorning sababi kompaniyaning Rossiyada faoliyatini davom ettirayotganligi va Ukrainaning bosib olingan hududlaridan eksport qilinadigan misni sotish uchun o‘z platformalarini taqdim etishi sabab bo‘lgan.

«Alibaba» dunyodagi eng yirik onlayn-savdo platformalaridan biri - «AliExpress»ga egalik qiladi, u Rossiyada mashhur bo‘lib, sho‘’ba korxonasiga ega.

Bundan tashqari, Ukraina agentligi Reuters ma’lumotlariga asoslanib, Xitoyning  «Quzhou Nova» kompaniyasi Debalsevo metallurgiya mashinasozligi zavodidan sotib olingan mis qotishmasidan yasalgan tovarlarni sotish uchun «Alibaba» platformalaridan foydalanganiga aniqlik kiritdi. Ushbu korxona Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarda joylashgan va Moskva tomonidan nazorat qilinadi.

Ukraina Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi, shuningdek, «Alibaba» siyosiy senzura bilan shug‘ullanayotganini va 2022-yil mart oyida ukrainalik strimerning profilini urush haqidagi xabar uchun bloklaganini da’vo qilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring