Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainaga yordam ko‘rsatishga qarshi bo‘lgan siyosatchi prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi

Ukrainaga yordam ko‘rsatishga qarshi bo‘lgan siyosatchi prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi

Slovakiyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Ukrainaga yordam ko‘rsatishga qarshi bo‘lgan siyosatchi g‘alaba qozondi.

Mamlakat parlamenti raisi Piter Pellegrini Slovakiya prezidenti etib saylandi. Bu haqda Slovakiya televideniyesi xabar bermoqda.

Hozirda berilgan ovozlarning 99 foizi hisoblab chiqilgan. Pellegrini 53,55% ovoz to‘pladi. Uning raqibi, mamlakat sobiq tashqi ishlar vaziri Ivan Korchok esa 46,44 foiz ovoz to‘plagan.

Korchok mag‘lubiyatini tan olib, saylovlar shaffof o‘tmaganini, shuning uchun uning natijalaridan hafsalasi pir bo‘lganini aytdi.

Sobiq tashqi ishlar vaziri Korchok Ukrainaga harbiy yordamni kuchaytirish tarafdori edi. O‘z navbatida, Pellegrini Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib berishni qo‘llab-quvvatlamadi.

3 aprel kuni Slovakiya prezidentligiga nomzod Piter Pellegrini Ukrainaga qurol yetkazib berish natija bermayotgani va falokatga olib kelishi mumkinligini aytgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring