Xavfsizlik kamari uchuvchini muqarrar o‘limdan asrab qoldi

Xitoyning «Sichuan» aviakompaniyasiga tegishli samolyotning oynasi sindi. Uchuvchi xavfsizlik kamarini taqqani uchun muqarrar o‘limdan qutulib qoldi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.
«Airbus A319» rusumli samolyot havoga ko‘tarilgandan 30 daqiqa o‘tib, 10000 metr balandlikda old oynasi yorilib ketdi. Xitoyning Chongching hududidan Tibet sari parvoz qilayotgan samolyotda to‘satdan bosim kamayib, havo sovub ketishi oqibatida vahimali onlar kuzatildi.
119 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan samolyot tajribali uchuvchilarning sa’y-harakati bilan eson-omon yerga qo‘ndirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter