Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy AQShni aybladi

Xitoy AQShni aybladi

XXR TIV binosi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Odatda AQSh Xitoyni inson huquqlarini buzishda ayblab keladi. XXR tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van Venbin tomonidan 18-aprel kuni qilingan bayonot «salomga yarasha alik» bo‘ldi — Xitoy AQShda inson huquqlari buzilayotganidan gap ochdi!

«AQShda inson huquqlari bo‘yicha vaziyat muntazam yomonlashib borayotgani bizning e’tiborimizni tortdi... Bu tizimli xususiyatga ega surunkali muammo», — deya ta’kidladi diplomat brifingda.

XXR TIV rasmiy vakilining aytishicha, Qo‘shma Shtatlar ma’muriyati irqiy kamsitish, jinoyatchilik va zo‘ravonlik kabi dolzarb muammolarni hal qilishi lozimligini isbotlovchi ko‘plab dalillar bor. Van Venbin Amerika huquqiy tizimining nuqsonlariga ham e’tibor qaratdi, ta’kidlashicha, «bu «boylarga foyda keltiruvchi, kambag‘allarni jazolovchi» tizimdir.

«AQSh — so‘nggi 20 yilda har yili o‘q otar qurollar bilan yirik favqulodda holatlar sodir etilgan yagona rivojlangan davlat», — dedi xitoylik diplomat.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring