Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy AQShni o‘tib bo‘lmaydigan «qizil chiziq»dan ogohlantirdi

Xitoy AQShni o‘tib bo‘lmaydigan «qizil chiziq»dan ogohlantirdi

Tayvanga egalik qilish masalasi Xitoy Xalq Respublikasi va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi munosabatlarda Vashington kesib o‘tmasligi kerak bo‘lgan «qizil chiziq»dir.

Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mao Ning ma’lum qilgan.

«Tayvan masalasi Xitoyning asosiy manfaatlaridan eng muhimi va Xitoy-AQSh munosabatlaridagi birinchi qizil chiziq bo‘lib, uni kesib o‘tmaslik kerak», dedi u.

Diplomatning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar Tayvandagi saylovlarga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi haqida shoshilinch bayonotlar bermoqda. Mao Ningning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy tomoni bundan keskin noroziligini bildiradi va bunga qat’iy qarshilik ko‘rsatadi.

Avvalroq Reuters agentligi AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyatining yuqori martabali xodimiga tayanib, Qo‘shma Shtatlar Xitoyga Tayvanda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik va parlament saylovlariga har qanday aralashuv yoki ta’sirga qarshi ekanligi haqida aniq signal yuborganini xabar qilgandi.

Shuningdek Xitoy AQShni Tayvanga qurol sotishda ayblab, norozilik bildirgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring